O‘zbekiston | 10:17 / 13.02.2026
1729
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada “O‘zbek madaniyati elchisi” tayinlandi

London shahrida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan ta’sis etilgan “O‘zbek madaniyati elchisi” ko‘krak nishoni va sertifikatini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu faxriy unvon taniqli san’atshunos olima, Buyuk Britaniyada istiqomat qilayotgan vatandosh Shaxina Mirjonovaga taqdim etildi.

Foto: Dunyo

“Dunyo” AA xabar berishicha, tantanali marosimda Shaxina Mirjonovaning o‘zbek milliy madaniyatini xalqaro maydonda targ‘ib etishdagi faoliyati alohida e’tirof etildi. Xususan, uning an’anaviy san’at va zamonaviy dizaynni uyg‘unlashtirgan holda milliy madaniyatni keng ommaga namoyish etish borasidagi ishlari ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekistonning boy madaniy merosini Buyuk Britaniya jamoatchiligi o‘rtasida keng yoyishga qaratilgan samarali tashabbuslari va ko‘p yillik ijodiy-targ‘ibot faoliyati yuqori baholandi.

Ma’lum qilinishicha, “O‘zbek madaniyati elchisi” faxriy unvoni vatandoshning yurt madaniyati va san’atini xorijda munosib targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun taqdim etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid