Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Atlantic: Ukraina, ehtimol, Donbassni Rossiyaga berishga tayyor
Kiyev, ehtimol, RF bilan muzokaralarda “eng og‘ir yon bosish”ga - Donbassdan voz kechishga tayyor. Bu haqda The Atlantic jurnali jurnalisti Saymon Shuster Ukraina prezidentining ikki nafar maslahatchisiga tayanib xabar berdi.
Foto: AP
Ukraina hokimiyati, ehtimol, Donetsk viloyatining sharqiy qismidagi ayrim hududlar ustidan nazoratdan Rossiya foydasiga voz kechishga tayyor. Bu haqda payshanba, 12 fevral kuni The Atlantic jurnali jurnalisti Saymon Shuster Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ikki nafar maslahatchisiga tayanib xabar berdi. U bu ehtimoliy qadamni Kiyevning Moskva bilan muzokaralardagi “eng og‘ir yon bosishi” deb atadi.
“Bunday murosani qonuniy qilish uchun ular bahorda tinchlik rejasi bo‘yicha referendum o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqqan — ukrainlarga hudud yo‘qotilishini ham o‘z ichiga oladigan kelishuv uchun ovoz berish imkonini berish maqsadida”, — deyiladi maqolada.
Shuster ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina prezidenti devoni rahbari Kirill Budanov Zelenskiy yordamchilari bilan Ukraina qo‘shinlarini Donetsk viloyatining ayrim tumanlaridan qanday shartlar asosida chiqarish mumkinligi haqida uzoq muhokamalar olib borgan. Bu jarayonda Ukraina armiyasi chiqib ketgan hududlarni RF qo‘shinlari egallab olmasligi uchun qanday yuridik va amaliy shartlarni bajarish kerakligi ham muhokama qilingan.
“Ular rostdan ham ijodkorlik ko‘rsatyapti, odamlar buni qabul qilishi uchun qanday yo‘l topish mumkinligini izlayapti”, — degan jurnalistga ukrain amaldorlaridan biri.
Maqola muallifi qayd etishicha, Ukraina, shuningdek, RF prezidenti Vladimir Putin va RF harbiy rahbariyatini Ukrainadagi harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi avvalgi talablaridan “deyarli voz kechgan”.
Moskva va Kiyev vakillari AQSh taklif qilgan, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish rejasi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni ilk bor BAA poytaxti Abu-Dabida 23–24 yanvar kunlari o‘tkazgan.
Muzokaralar doirasidagi manbalarga ko‘ra, tomonlar bir necha band bo‘yicha kelishib olgan, ammo hududlar masalasida kelishuvga erisha olmagan. Birinchi raund muzokaralar yakunlariga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Marko Rubio Donbass masalasi hal qilinmay qolgan yagona masala ekanini tasdiqlagan. Rossiya Ukraina qo‘shinlarini Donbassdan olib chiqishni talab qilmoqda, Kiyev esa bu talabni rad etayotgani aytilgan.
Mavzuga oid
13:54
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
13:31
London Ukrainaga 1000 ta Britaniya raketasini taqdim etadi
09:33
Ukraina NATO diqqat markazida: 35 mlrd yordam va havo hujumidan mudofaa inqirozi
23:24 / 12.02.2026