Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 13,7 mln tonna sabzavot yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 1,2 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda respublika bo‘yicha sabzavot yetishtirish hajmi 13,7 mln tonnani tashkil etdi. Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 1,2 foizga yuqori.
Hududlar kesimida eng katta ulush Andijon viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, viloyatda 2 089 165 tonna sabzavot yetishtirilgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand (1 686 136 tonna) va Farg‘ona (1 616 016 tonna) viloyatlari qayd etilgan.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 1 451 656 tonna, Toshkent viloyatida 1 378 833 tonna, Buxoro viloyatida 1 190 463 tonna va Namangan viloyatida 1 163 885 tonna sabzavot yetishtirilgan.
Qolgan hududlarda sabzavot yetishtirish hajmi quyidagicha: Xorazm — 737 123 tonna, Qashqadaryo — 663 909 tonna, Jizzax — 559 047 tonna, Qoraqalpog‘iston — 419 043 tonna, Navoiy — 413 048 tonna, Sirdaryo — 352 921 tonna. Toshkent shahri bo‘yicha esa 1 557 tonna sabzavot yetishtirilgan.
Mavzuga oid
09:19
Andijonda 1 mln dollarlik “mefedron” narkolaboratoriyasi fosh etildi
16:06 / 13.02.2026
O‘zbekiston importida Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi
10:11 / 13.02.2026
Andijonda tadbirkorni qotil yollab o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi – DXX
22:24 / 12.02.2026