O‘zbekiston | 09:39
1464
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Do‘schanov Alisher Sherzod o‘g‘li Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlagan.

Xorazm viloyatida kadrlar bilan bog‘liq yangi tayinlov amalga oshirildi. Do‘schanov Alisher Sherzod o‘g‘li Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlanib, bir vaqtning o‘zida viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i vazifasini ham bajaradi.

Ma’lum qilinishicha, A.Do‘schanov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekistonning Pokiston Islom Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi sifatida faoliyat olib borgan.

Yangi tayinlov doirasida u Xorazm viloyatida investitsiya loyihalarini ilgari surish, sanoat tarmoqlari va ishlab chiqarishni rivojlantirish, tashqi va ichki savdo aloqalarini kengaytirish kabi yo‘nalishlardagi ishlarga mas’ul bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid