Jahon | 17:46
9262
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Putinda «ko‘p vaqt qolmagani»ni aytdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Myunxen konferensiyasi doirasida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Suhbat chog‘ida Zelenskiy o‘zining 48 yoshida Rossiyaning 73 yoshli prezidenti Vladimir Putindan ancha yosh ekanini ta’kidladi. «Uning vaqti unchalik ko‘p emas», deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

Suhbat chog‘ida Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampni Rossiya-Ukraina urushini imkon qadar tezroq hal qilish uchun Putinga bosim o‘tkazishga chaqirdi. U urush tugashi uchun Tramp ishonchli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishi, Ukrainani urushdan keyingi tiklash bo‘yicha kelishuv tuzishi va Rossiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri bosim o‘tkazishi kerakligini ta’kidladi.

«Putinga qo‘ng‘iroq qiling va ayting: „Menga qarang, siz shu yerda to‘xtashingiz kerak“. Mojaroni hoziroq muzlatib qo‘yishimiz kerak. Shunda biz yetakchilar darajasida uch tomonlama formatda uchrashamiz. Va bu urushni qanday tugatishni hal qilamiz. Ammo biz buni faqat diplomatik yo‘l bilan amalga oshiramiz», – dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Ukrainani urushga chek qo‘yish uchun ba’zi masalalarda murosaga kelishga chaqirmoqda. «Biz ko‘plab masalalarda yon berishga rozi bo‘ldik. Putin va uning do‘stlari qamoqda emas. Bu dunyo ko‘rgan eng katta murosadir», – dedi Ukraina prezidenti.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid