O‘zbekiston | 10:35
2868
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmayapti. Harorat kunduz kunlari +20…+25 darajagacha isiydi, kechalari +7…+12 daraja atrofida bo‘lishi mumkin.

Foto: Kun.uz

18–20 fevral kunlari respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kunduzi +15…+20 daraja bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Chorshanba-juma kunlari kunduzi havo +20…+25 darajagacha isiydi. Kechalari harorat +7…+12 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23–23 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlar 16–18 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida 16 fevral kuni kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +17…+19 daraja bo‘ladi. 17 fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +15…+17 daraja bo‘ladi.

18–20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +9…+12, kunduz kunlari +22…+25 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.

Mavzuga oid