Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notariuslar eskrou hisobvaraqda mablag‘ bor-yo‘qligini onlayn tekshiradi
Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda. Unga ko‘ra, notariuslar eskrou hisobvaraqda mablag‘ mavjudligini real vaqt rejimida tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ko‘chmas mulk obektlari, ishlab chiqarilganiga o‘n yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibini belgilaydigan Nizom loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaga ko‘ra, shartnoma taraflari o‘rtasida kelishuvga erishilgandan so‘ng xaridor yoki uning vakili bankka murojaat qilib, eskrou hisobvarag‘i ochadi va pul mablag‘larini ushbu hisobvaraqqa kiritadi. Har bir oldi-sotdi shartnomasi uchun bitta eskrou hisobvarag‘i ochiladi.
Shartnomani tasdiqlashdan oldin notarius avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bankka elektron so‘rov yuborib, eskrou hisobvaraqda shartnoma summasiga teng mablag‘ mavjud yoki yo‘qligini real vaqt rejimida tekshiradi. Agar hisobvaraq yopilgan bo‘lsa yoki mablag‘ yetarli bo‘lmasa, notarius shartnomani tasdiqlashni rad etadi.
Shartnoma tasdiqlanganidan so‘ng notarius bu haqda bankka elektron ma’lumot yuboradi. Bank esa eskrou hisobvaraqdagi pul mablag‘larini avtomatik tarzda sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Shuningdek, shartnoma tasdiqlanmagan taqdirda xaridor yoki uning vakilining murojaatiga asosan eskrou hisobvaraqdagi mablag‘lar qaytarib beriladi.
Nizom talablari ijrosi ustidan Adliya vazirligi hamda Markaziy bank tomonidan monitoring amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Mavzuga oid
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
20:36 / 20.05.2026
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
14:27 / 20.05.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
14:13 / 04.05.2026