Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi davlat dasturida tasdiqlandi
Shavkat Mirziyoyev islohotlar dasturlari va «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» davlat dasturini tasdiqladi. Unda 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish nazarda tutilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat dasturi loyihasiga ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirish, pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish, ipoteka va elektromobil xaridi uchun kredit mexanizmlarini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 30 foizga yetkazish, korrupsiyaga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda xalq vakillari hay’ati ishtirokini yo‘lga qo‘yish kabi tashabbuslar kiritilgan.
Avvalroq, dastur loyihasiga ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi, xususan, 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo choralarini belgilash ko‘zda tutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Dasturga ko‘ra, mazkur normalar 2026 yil 1 apreldan joriy etilishi belgilangan.
Mavzuga oid
21:57
Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi
18:30
Birinchi milliy kosmonavtni qisqa muddatli parvozga tayyorlash taklif qilindi
18:25
«Mirzo Ulug‘bek» ilmiy sun’iy yo‘ldoshi 2028 yilda uchirilishi mumkin
17:38