Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Rossiya Yevropada diversiyalar uchun sobiq “vagnerchilar”ni jalb qildi
Sobiq “Vagner” XHK yollanma jangchilari endi Yevropada diversiyalar amalga oshirish uchun agentlar yollayotgani haqida Financial Times’ga g‘arb razvedka xizmatlari vakillari ma’lum qildi.
Avval “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) bilan ishlaganlar Kreml topshirig‘i bilan Yevropada sodir etilayotgan diversiyalarni tashkil qilish uchun “asosiy kanal”ga aylangan. Bu haqda yakshanba kuni, 15 fevralda Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi g‘arb maxsus xizmatlaridagi manbalar va Yevropa amaldorlariga tayanib xabar berdi.
Jurnalistlar qayd etishicha, 2023 yil iyun oyida XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinning Rossiya armiyasi yuqori rahbariyatiga qarshi muvaffaqiyatsiz isyonidan, keyin esa u halok bo‘lganidan so‘ng “ushbu jangovar guruhning maqomi noaniq bo‘lib qolgan”. Biroq FT manbalariga ko‘ra, avval Rossiya hududlaridagi yoshlarni Ukrainadagi urushga borishga ko‘ndirib kelgan “Vagner” verbovkachilariga yangi vazifa berilgan — NATO davlatlari hududida diversiyalar uchun “iqtisodiy jihatdan zaif” yevropaliklarni yollash.
Rossiya harbiy razvedkasi GRU (ilgari — Bosh razvedka boshqarmasi, hozir — RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh boshqarmasi) “o‘z ixtiyoridagi iqtidorlarni ishga solmoqda”, dedi FT’ga g‘arb razvedka xizmatlaridan birining xodimi “vagnerchilar”ni nazarda tutib. Maqolada aytilishicha, GRU va FSB kontrrazvedkasi Yevropada “bir martalik” agentlarni faol qidirmoqda, maqsad — “beqarorlik va tartibsizlik urug‘ini sochish”.
FT yozishicha, so‘nggi ikki yil ichida Kreml butun Yevropa bo‘ylab Ukrainaga qo‘llab-quvvatlov bergan g‘arb davlatlarining qat’iyatini susaytirish va jamiyatda ijtimoiy tartibsizliklarni qo‘zg‘atishga qaratilgan beqarorlashtirish hamda diversiyalar kampaniyasini kengaytirgan. Gazeta qayd etishicha, Yevropa mamlakatlari Rossiya diplomatlarini ommaviy ravishda chiqarib yuborganidan keyin Moskva vazifalarini bajarish uchun tobora ko‘proq vositachilarga murojaat qilmoqda, “Vagner” verbovkachilari tarmog‘i esa “ayniqsa samarali — garchi qo‘pol bo‘lsa ham — vosita” bo‘lib chiqqan.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, “Vagner” verbovkachilariga turli vazifalar yuklatilgan: siyosatchilarning avtomobillarini yoqishdan tortib Ukraina uchun gumanitar yordam omborlariga o‘t qo‘yishgacha, hatto o‘zini natsistik propagandistlar qilib ko‘rsatishgacha. Odatda, bu topshiriqlarni “hayotda maqsad va yo‘nalishdan mahrum, jamiyat chetida qolgan shaxslar” bajargan. Yevropa amaldorlaridan biri FT’ga aytishicha, XHKda avvaldan “marginallar” bilan “bir tilda” gaplasha oladigan tayyor propagandistlar va verbovkachilar tarmog‘i bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026