Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV qutqaruvchilari Nukusda cho‘kayotgan fuqaroni qutqardi
Nukus shahrida “Do‘stlik” kanalida cho‘kayotgan fuqaro FVV g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan qutqarilib, unga birinchi yordam ko‘rsatildi. Keyin u tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi.
17 fevral kuni soat 08:20 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri markazidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanalida bir fuqaro cho‘kayotgani haqida xabar kelib tushgan. Ma’lum qilinishicha, holatni kanal atrofidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi ko‘rib, FVBga xabar bergan.
Xabarga asosan, FVB g‘avvos-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, fuqaroni qutqargan. Qutqaruvchilar tomonidan unga darhol birinchi yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlab qolingan.
Shundan so‘ng qutqarilgan fuqaro tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Mavzuga oid
11:50 / 05.06.2026
Popda cho‘kib ketgan yigit jasadi 8 kunlik qidiruvdan keyin topildi
16:58 / 02.06.2026
Yuqori Chirchiqda quvurga tushib ketgan 5 yoshli bola qutqarib qolindi
11:55 / 25.05.2026
Toshkent viloyatida tog‘da jarohatlangan sayyoh qutqarildi
15:09 / 24.05.2026