17 fevral kuni soat 08:20 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri markazidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanalida bir fuqaro cho‘kayotgani haqida xabar kelib tushgan. Ma’lum qilinishicha, holatni kanal atrofidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi ko‘rib, FVBga xabar bergan.

Xabarga asosan, FVB g‘avvos-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, fuqaroni qutqargan. Qutqaruvchilar tomonidan unga darhol birinchi yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlab qolingan.

Shundan so‘ng qutqarilgan fuqaro tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.