Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘ta og‘ir jinoyatlarni hakamlar hay’ati ishtirokida ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yiladi
2026 yil noyabrdan boshlab, birinchi bosqichda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘ta og‘ir jinoyatlarni xalq vakillari hay’ati ishtirokida ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etiladi (tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar bundan mustasno). Bu prezident tomonidan tasdiqlangan va 2026 yilga mo‘ljallangan islohotlar dasturida nazarda tutilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sud protsesslarini xalq vakillari hay’ati (jury) ishtirokida o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Bu prezidentning 16 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2026 yilga mo‘ljallangan islohotlar dasturida nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2026 yil noyabrdan boshlab birinchi bosqichda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘ta og‘ir jinoyatlarni xalq vakillari hay’ati ishtirokida ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi (tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar bundan mustasno).
Jinoyat ishlarida xalqaro tan olingan Xabeas korpus instituti doirasida tergov sudyalariga qamoqqa olish, uy qamog‘i tarzidagi va boshqa ehtiyot choralarini o‘zgartirish va bekor qilish vakolati beriladi. Buning natijasida jinoyat protsessida majburlov choralari qo‘llanilishi, inson huquqlariga rioya etilishi ustidan sud nazorati kuchaytirilib, respublikadagi barcha tergov sudyalari vakolatlari kengaytiriladi.
2026 yil 1 iyundan boshlab jinoyat ishini sudga yuborishda ayblov xulosasi bilan birga «himoya fikri»ni taqdim etish tartibi joriy etiladi. Buning natijasida 7 mingdan ortiq advokatlar uchun jinoyat protsessida himoya ostidagi shaxslarning huquqlarini himoya qilishdagi qonuniy vakolatlari kengaytiriladi.
Jinoyat ishida himoyachiga o‘z himoyasi ostidagi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki jabrlanuvchi ishtirokida o‘tkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar hamda dalillar bilan tanishib, undan nusxalar olish, surishtiruv, dastlabki tergov davomida istalgan vaqtda o‘z himoyasi ostidagi gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishini qo‘zg‘atish, tugatish haqidagi qarorlardan nusxa olish vakolatlarini berish yo‘lga qo‘yiladi.
Advokatlar so‘roviga ma’lumotlar bepul taqdim etilishi, shuningdek, notarial harakatlar va kadastr organlaridan olinadigan ma’lumotlarni advokat so‘rovi orqali olish imkoniyati yaratiladi.
Mavzuga oid
10:00 / 17.06.2026
Sud jarayonlarida advokatlar vakolatlari kengaytirilishi mumkin
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
10:00 / 13.06.2026
Sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi
12:19 / 09.06.2026