Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijara xizmatlari hajmi oshdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda ijara xizmatlari hajmi 12,8 trln so‘mni tashkil etdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,1 foizga o‘sgan bo‘lib, eng yuqori hajm Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda mamlakat bo‘yicha ijara xizmatlari hajmi 12,8 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,1 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida — 4,5 trln so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, Toshkent viloyati — 1,5 trln so‘m, Samarqand viloyati — 1,4 trln so‘m bilan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.
Qolgan hududlarda ijara xizmatlari hajmi quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 476,6 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati – 761,3 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati – 699,7 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati – 259,8 mlrd so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 710,4 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati – 249,3 mlrd so‘m;
- Namangan viloyati – 442,3 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 459,2 mlrd so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 196,5 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 900,7 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati – 319,6 mlrd so‘m.
Shu tariqa, 2025 yilda ijara xizmatlari bozori o‘sishda davom etgan bo‘lib, hajm bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi hudud sifatida qayd etildi.
Mavzuga oid
08:30
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
18:51 / 29.05.2026
Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?
09:49 / 26.05.2026
O‘zbekistonda 70 yoshdan oshganlar orasida ham ota bo‘lganlar bor
08:22 / 26.05.2026