Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanidagi sobiq “Mushki Anbar” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahar Olmazor tumanida ta’mirda bo‘lgan sobiq “Mushki Anbar” kafesida yong‘in chiqdi. Qutqaruvchilar hodisa joyiga 7 daqiqada yetib borib, yong‘inni 01:57 da to‘liq o‘chirdi. Jarohatlanganlar yo‘q.
19 fevral kuni soat 01:03 da Toshkent shahar FVBBga Olmazor tumani Qiziltut ko‘chasida joylashgan ta’mirda bo‘lgan sobiq “Mushki Anbar” kafesida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar tushgan.
Xabarga muvofiq, qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 01:10 da yetib borgan. Yong‘in soat 01:44 da qurshab olinib, soat 01:57 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
13:45 / 17.04.2026
O‘rta Chirchiqda xonadonda chiqqan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi
21:09 / 11.04.2026
«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
13:28 / 11.04.2026
Xodimlarga daydi topishni buyurgan Olmazor tumani IIB amaldori ishdan olindi
16:08 / 07.04.2026