Jahon | 07:37
1441
3 daqiqa o‘qiladi

Vikipediya-2025: eng ko‘p ko‘rilgan shaxslar sahifalari

Yangi infografikada 2025 yil davomida Wikipedia’da qaysi insonlarning sahifalari foydalanuvchilar tomonidan eng faol tarzda ko‘rilgani ko‘rsatilgan. Bu jamiyat e’tiborini qaysi voqealar tortayotgani va kollektiv xotirani nimalar shakllantirayotganini tushunishga yordam beradi.

Foto: Shutterstock

Wolfram’ning foydalanuvchilarni jalb etish bo‘yicha direktori Vitaliy Kaurov Vikipediya sahifalari ko‘rilgani statistikasini o‘rganib, qaysi voqealar foydalanuvchilar qiziqishiga ta’sir qilganini tahlil qildi. U faqat ko‘rishlar soni va eng yuqori chiqqan kunlarga emas, balki qiziqishning dinamikasiga ham e’tibor qaratdi.

The Wikimedia Foundation baholashicha, odamlar ingliz tilidagi Vikipediyani o‘qishga taxminan 2,8 milliard soat sarflagan. Ko‘pincha aynan voqealar muayyan shaxslarga nisbatan e’tiborning keskin oshishiga turtki bo‘lgan. Ayrim hollarda qiziqish vaqt o‘tishi bilan susaygan, boshqa holatlarda esa qiziqish pik paytlardan keyin ham, avvalgi darajadan yuqoriroq bo‘lib qolgan.

Ayrim shaxslarda e’tiborning “bazaviy liniyasi” yil boshida ham, yil oxirida ham deyarli o‘zgarmasdan qolgan — masalan, Donald Tramp yoki Ilon Maskda. Boshqa, uncha tanilmagan insonlarga esa, aksincha, vaqt o‘tishi bilan qiziqish oshib borgan. Muallif bunga misol sifatida Robert Frensis Prevoni keltirdi — u keyinchalik katolik cherkovining rahbari bo‘lib, papa Lev XIVga aylangan.

2025 yilda eng ko‘p ko‘rilgan sahifalar — o‘ldirilgan amerikalik o‘ng siyosiy faol Charli Kirk, amerikalik seriyali qotil Ed Gin va AQSh prezidenti Donald Tramp sahifalari bo‘ldi. Ginga qiziqish 2025 yilda chiqqan «Monstr: Ed Gin tarixi» seriali bilan bog‘liq.

Bir kun ichidagi eng katta pik qiziqish ham Kirk sahifasiga to‘g‘ri kelgan: 10 sentabr kuni uni 15 milliondan ortiq marta ko‘rishgan. Trampga bo‘lgan qiziqish esa, aksincha, nisbatan barqarorroq bo‘lgan. Eng yuqori pik — 1,4 million — 20 yanvarga, ya’ni uning inauguratsiya kuniga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Vitaliy Kaurov, Wolfram
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid