Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda jami 82 386 ta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgan. Yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri birinchi o‘rinni egalladi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida O‘zbekistonda jami 82 386 ta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgan.
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri — 18 450 ta ko‘rsatkich bilan yetakchilik qildi.
Qolgan hududlarda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni quyidagicha:
- Toshkent viloyati – 8 556 ta;
- Xorazm viloyati – 7 277 ta;
- Samarqand viloyati – 6 548 ta;
- Farg‘ona viloyati – 6 417 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 4 825 ta;
- Surxondaryo viloyati – 4 752 ta;
- Andijon viloyati – 4 638 ta;
- Buxoro viloyati – 4 401 ta;
- Namangan viloyati – 4 278 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3 602 ta;
- Jizzax viloyati – 3 586 ta;
- Navoiy viloyati – 2 891 ta;
- Sirdaryo viloyati – 2 165 ta.
Shu tariqa, 2025 yilda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni bo‘yicha Toshkent shahri mamlakatda eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Mavzuga oid
09:49 / 19.06.2026
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
11:10 / 17.06.2026
O‘qish maqsadida chet elga chiqqanlar soni kamaydi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
11:30 / 08.06.2026