O‘zbekiston | 09:38
403
1 daqiqa o‘qiladi

BMT murojaatlarini ko‘rib chiqishning aniq mexanizmi joriy etildi

Prezident farmoni bilan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga muvofiq, BMT shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan yuboriladigan vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishning aniq tartibi belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, BMTning vaqtinchalik choralar bo‘yicha murojaati Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgandan so‘ng 1 kun muddatda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Adliya vazirligiga yuboriladi.

Milliy markaz 1 kun ichida mas’ul davlat organlariga so‘rovnoma yo‘llab, vaqtinchalik choralarni amalga oshirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish hamda zarurat tug‘ilganda asoslangan tushuntirish taqdim etishni so‘raydi.

Davlat organlari esa 3 kun muddatda amalga oshirilgan yoki amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishni Milliy markazga taqdim etadi.

Yig‘ilgan ma’lumotlar asosida Milliy markaz ishchi guruh bilan birgalikda 3 kun muddatda Hukumatning rasmiy nuqtai nazarini shakllantirib, Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.

Hukumatning rasmiy pozitsiyasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2 kun ichida BMTning tegishli shartnomaviy qo‘mitalariga yo‘llanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid