O‘zbekiston | 08:47
1794
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifi yakuniga yetdi. Davlat rahbari Vashingtonda Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida nutq so‘zlab, G‘azo sektorini ijtimoiy-iqtisodiy tiklash hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti tashrif doirasida AQSh savdo vaziri Xovard Latnik, AQSh savdo vakili Jyeymison Grir, Eksimbank prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida davlat rahbari bir qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida hamda qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi. Tadbirda AQSh hukumati, yirik kompaniyalari va moliya institutlarining yuqori darajali vakillari, shuningdek, videoaloqa orqali O‘zbekiston hududlari rahbarlari qatnashdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga jo‘nab ketdi. Aeroportda davlat rahbari va rafiqasini AQSh–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm hamda boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid