Iqtisodiyot | 10:39
615
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar: hududlar reytingi e’lon qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 fevral holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 513 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 4 282 tasi qo‘shma, 14 231 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi.

Qayd etilishicha, xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning eng katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi — 11 684 ta (jamiga nisbatan 63,1 foiz). Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati — 2 467 ta ( 13,3 foiz). Natijada Toshkent shahri va viloyati ulushi umumiy ko‘rsatkichning 76,4 foizini tashkil etadi.

Hududlar kesimida xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni:

  • Toshkent shahri — 11 684 ta;
  • Toshkent viloyati — 2 467 ta;
  • Samarqand viloyati — 694 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 632 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 509 ta;
  • Andijon viloyati — 435 ta;
  • Buxoro viloyati — 379 ta;
  • Navoiy viloyati — 310 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 288 ta;
  • Namangan viloyati — 266 ta;
  • Jizzax viloyati — 260 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 222 ta;
  • Xorazm viloyati — 200 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 167 ta.

Shuningdek, taqsimotdan ko‘rinib turibdiki, top-5 hudud (Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo) ulushiga jami korxonalarning 86,4 foizi to‘g‘ri kelmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid