Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abbos penalti ishladi, Eldor uni golga aylantirdi
Eldor Shomurodov gol+pas tizimida yaqqol peshqadamlik qilmoqda – uning hisobida 16ta gol va 4ta golli uzatma bor.
Turkiya Superligasi 23-tur doirasidagi "Alanyaspor" — "Istanbul Boshoqshehir" o‘yini 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Devi Zelke hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqada yarimhimoyachi Abbos Fayzullayev ishlagan penaltini hujumchi Eldor Shomurodov golga aylantirdi. O‘zbekistonlik futbolchilar 70- va 71-daqiqada zaxiraga olindilar.
Mezbonlar 67-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Bugungi gol bilan Eldor Shomurodov to‘purarlar bahsida “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachuga yetib oldi. Shomurodov gol+pas tizimida yaqqol peshqadamlik qilmoqda – uning hisobida 16ta gol va 4ta golli uzatma bor.
"Istanbul Boshoqshehir" Turkiya Superligasida 23 o‘yindan so‘ng 36 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
02:41 / 24.06.2026
Fabio Kannavaro va Eldor Shomurodov Portugaliyaga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi
10:25 / 23.06.2026
«Raqibdan qo‘rqmaymiz» – Kannavaro Portugaliya bilan o‘yin haqida
13:44 / 17.06.2026
Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi ehtiyotkorlik bilan o‘ynaymiz – Kannavaro
01:18 / 18.05.2026