O‘zbekiston | 11:55
1594
1 daqiqa o‘qiladi

Baliq ovlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Xorazmda qayd etildi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 206 211 tonna baliq ovlangan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 3,4 foizga oshgan.

Foto: Kun.uz

Hududlar kesimida baliq ovlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Xorazm viloyatida qayd etildi — 35 913,9 tonna.

Shuningdek, yetakchi hududlar qatorida:

  • Toshkent viloyati — 23 406,9 tonna;
  • Andijon viloyati — 22 291,3 tonna;
  • Samarqand viloyati — 20 546,6 tonna;
  • Namangan viloyati — 20 016,0 tonna.

Qolgan hududlardagi ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyati — 16 449,7 tonna;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 13 987,8 tonna;
  • Jizzax viloyati — 12 485,1 tonna;
  • Sirdaryo viloyati — 11 748,9 tonna;
  • Navoiy viloyati — 10 228,8 tonna;
  • Surxondaryo viloyati — 7 759,7 tonna;
  • Buxoro viloyati — 6 705,0 tonna;
  • Qashqadaryo viloyati — 4 637,8 tonna.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, baliqchilik sohasida ishlab chiqarish hajmlarining oshishi tarmoqdagi investitsiyalar va intensiv usullarni joriy etish bilan bog‘liq.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid