Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot xodimlari kuni nomi o‘zgaradi: farmatsevtlar ham qamrab olinadi
Tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida ayrim qonunlarga o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaga ko‘ra, noyabr oyining ikkinchi yakshanbasini «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni» sifatida belgilash taklif etilmoqda. Shu tariqa amaldagi “Tibbiyot xodimlari kuni” nomi kengaytirilib, farmatsevtika sohasi vakillari ham qamrab olinadi.
Buning uchun 2006 yil 12 sentabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunga tegishli o‘zgartish kiritish nazarda tutilgan.
Hujjatda farmatsevtika sohasining zamonaviy tibbiyotdagi o‘rnini hisobga olish, aholiga sifatli farmatsevtik xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan.
Shuningdek:
- Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar qonun ijrosini ta’minlashi va uning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida tushuntirishi belgilanadi;
- Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu qonunga muvofiqlashtiradi hamda davlat organlarining tegishli normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:00 / 02.04.2026
Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasi rejimiga o‘tkazildi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026