Jahon | 08:38
994
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp barcha importga yangi bojlar joriy etilishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlariga olib kiriladigan barcha tovarlar importiga mavjud bojlarga qo‘shimcha ravishda 10 foizlik tarif joriy etilishini e’lon qildi.

Foto: REUTERS

Tramp bu haqda 20 fevral kuni AQSh Oliy sudining qarorini sharhlar ekan, ma’lum qildi. Sud 2025 yilda prezident ko‘plab davlatlarga nisbatan bojlarni bir tomonlama tarzda joriy etib, qonunni buzgan, degan xulosaga kelgan.

AQSh prezidentining aytishicha, Oliy sud qaror chiqarishda «chet el manfaatlari ta’siri ostida» bo‘lgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, milliy xavfsizlik manfaatlarini ta’minlash maqsadida joriy etilgan barcha bojlar o‘z kuchida qoladi. Shuningdek, bir nechta tekshiruvlar boshlanishi ma’lum qilindi.

AQSh Oliy sudi 20 fevral kuni Tramp ko‘plab davlatlarga qarshi bojlar joriy etishda qonunni buzgan, degan qaror chiqardi. Prezident faqat milliy favqulodda holatlarda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan qonundan foydalangan. Sud fikricha, Tramp bu choralarni joriy etishdan oldin Kongress ruxsatini olishi kerak edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid