Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokor shamollashning qaytalanish sabablaridan birini aytdi
Mutaxassisning ta’kidlashicha, tish cho‘tkalari shamollash, ich ketishi yoki og‘iz bo‘shlig‘idagi har qanday infeksiya vaqtida patogenlar ko‘payishi uchun “hashamatli mehmonxona”ga aylanadi.
Foto: Shutterstock
Tish cho‘tkasidan o‘tkir respirator kasallikka chalingan paytda foydalanish davomida unda to‘plangan bakteriyalar shamollash qaytalanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ispaniyalik anesteziolog David Kallexo ana shunday fikr bildirdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, tish cho‘tkalari shamollash, ich ketishi yoki og‘iz bo‘shlig‘idagi har qanday infeksiya vaqtida patogenlar ko‘payishi uchun “hashamatli mehmonxona”ga aylanadi. Og‘izdagi bakteriyalar tish tozalash jarayonida tish qoplamasi bilan birga cho‘tka tolalariga o‘rnashib oladi. Cho‘tka qancha uzoq muddat ishlatilsa, unda bakteriyalar shuncha ko‘p to‘planadi.
«Agar sog‘aygandan keyin tish cho‘tkasi almashtirilmasa, kasallik qaytalanishi mumkin. Infeksiyadan keyin ham eski tish cho‘tkasidan foydalanish — go‘yo dush qabul qilib, so‘ng iflos ichkiyim kiyish bilan barobar», — deya ogohlantirdi shifokor.
Kallexoning so‘zlariga ko‘ra, bemorning tish cho‘tkasi boshqalarning tish cho‘tkalari bilan birga turishi o‘zgalarga ham kasallik yuqtirish xavfini oshiradi.
Mavzuga oid
19:55 / 07.11.2025
“Yodli setka” shamollashni davolaydimi?
16:17 / 09.09.2025
Kuzda shamollash xavfi: kunduzi iliq, tong va tunda sovuq bo‘ladigan havoda organizmni qanday himoyalash zarur?
16:45 / 10.03.2025
Tomoq-burun kasalliklari bor ro‘zadorlar nimalarga e’tibor berishi kerak?
20:26 / 05.01.2025