Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashlab ketilgan maymun bolasi internet yulduziga aylandi
Yumshoq o‘yinchoq unga ona o‘rnini bosmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda onasi o‘rniga yumshoq o‘yinchoqni ona qilib olgan makaka videosi virusdek tarqalmoqda.
Yaponiyaning Itikava shahridagi hayvonot bog‘ida Panch laqabli olti oylik bu makaka tug‘ilganidan keyin onasi tomonidan tashlab ketilgan.
Uni Ichikawa City Zoo hayvonot bog‘i xodimlari parvarishlashgan, keyinroq u boshqa maymunlar yashaydigan volerga o‘tkazilgan, ammo to‘da uni qabul qilmagan. Shundan keyin xodimlar unga IKEA tomonidan ishlab chiqarilgan orangutan shaklidagi yumshoq o‘yinchoqni sovg‘a qilishgan va Panch uni hamma joyda o‘zi bilan olib yura boshlagan.


Internetda tarqalgan videolardan birida to‘dadagi katta yoshli maymunlardan biri unga hujum qilib, har tomonga sudragani, yosh maymun uning qo‘lidan amallab qutulgach, chinqirgancha o‘z o‘yinchog‘i tomon yugurgani aks etgan.
Keyinroq boshqa bir katta yoshli maymun Panchni o‘z himoyasiga olib, uni bag‘riga mahkam bosgancha, bitlarini tera boshlagan. Shuningdek, tengdosh maymunlardan biri u bilan do‘stlashgan va ular quvlashmachoq o‘ynashgan.

Hayvonot bog‘i xodimlari qayd etishicha, ayrim individlar o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan tajovuzkorlik namoyon bo‘lishi – makakalar uchun normal holat. Shu bilan birga, Panchni boshqa volerga o‘tkazib bo‘lmaydi – makakalar yolg‘izlikda yashay olmaydi, u asta-sekinlik bilan to‘daga qo‘shilishi kerak.
Panch aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgach, ko‘plab odamlar o‘yinchog‘ini sudrab yuradigan maymunchani ko‘rish uchun hayvonot bog‘iga tashrif buyura boshlashdi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari esa HangInTherePunch (Bardam bo‘l Panch) heshtegi bilan uni qo‘llab-quvvatlashmoqda.
IKEA kompaniyasining Yaponiyadagi bo‘limi prezidenti Petra Fare ham hayvonot bog‘iga kelgan va Panchga yumshoq o‘yinchoqlar kolleksiyasini sovg‘a qilgan.

Mavzuga oid
08:40 / 09.02.2026
Yaponiya hukmron partiyasi tarixiy g‘alabaga erishdi
22:40 / 08.02.2026
Yaponiya bosh vazirining hukmron bloki saylovda g‘alaba qozondi
12:03 / 02.02.2026
Yaponiya okean tubida nodir yer elementlarini aniqladi
21:06 / 26.01.2026