Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Epshteyn o‘z arxivlarini oltita maxfiy omborda yashirgan – OAV
Maxfiy omborlarda saqlangan arxivning taqdiri nima bo‘lgani noma’lum, bu esa Epshteyn ishi bo‘yicha ilgari o‘rganilmagan materiallar borligi ehtimolini oshiradi.
Foto: Getty images
Moliyachi va odam savdosida ayblangan Jyeffri Epshteyn AQSh bo‘ylab oltita omborxonani ijaraga olgan va o‘z shaxsiy arxivini rasmiylardan yashirgan, deb yozdi Britaniyaning The Telegraph nashri.
Gazeta ixtiyoridagi hujjatlarga ko‘ra, Epshteyn o‘zining Florida shtatidagi uyidan va Karib dengizidagi xususiy orolidan kompyuterlar va boshqa materiallarni olib ketish uchun xususiy detektivlarni yollagan - aftidan, ularni tergovchilardan yashirishga uringan.
Epshteyn Floridada kamida 2003 yildan beri omborxonalardan birini ijaraga olgan va 2019 yilgacha, u qamoqxonada vafot etgunga qadar ijara uchun muntazam to‘lovlar amalga oshirilgan.
Shuningdek, 2000-yillarning o‘rtalarida moliyachi tintuv haqida ma’lumot olgach, izquvarlarga o‘z arxivini Nyu-Yorkdagi maxfiy omborga ko‘chirish uchun o‘n minglab dollar to‘lagan.
Shu bilan birga, tergovchilar bu binolarda hech qachon tintuv o‘tkazmagan, bu esa Epshteyn ishi bo‘yicha ilgari o‘rganilmagan materiallar bo‘lishi ehtimolini oshiradi, deb ta’kidlaydi The Telegraph.
Maxfiy omborlarda saqlangan arxivning taqdiri nima bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda, deb qo‘shimcha qildi nashr.
Mavzuga oid
18:52 / 23.02.2026
Trampning ikki ehtimoliy vorisi aytildi
18:35 / 23.02.2026
Narkobaronning o‘limi: AQSh razvedka idoralari Meksika xavfsizlik kuchlariga ko‘mak bergan
14:32 / 23.02.2026
Uitkoff Zelenskiy va Putin yaqin orada uchrashishi mumkinligini istisno etmadi
14:21 / 23.02.2026