Iqtisodiyot | 08:50 / 23.02.2026
2348
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha bilan chegaradan o‘tishni yengillashtirish yuzasidan muloqot boshlandi

Polshadagi elchixona diplomatlari Mazoviya voyevodaligi marshali (hokim) Adam Struzik bilan uchrashib, O‘zbekiston–Polsha hududlari o‘rtasida logistika hamkorligini kengaytirish va biznes tadbirlarini birgalikda tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

Suhbatda o‘zaro hamkorlik asosida O‘zbekiston va Polsha hududlarida tashkil etilayotgan logistika markazlarini ishga tushirish mexanizmlarini ishlab chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, istisno tariqasida faqat O‘zbekiston yuk tashuvchilari uchun chegara o‘tish punktlarida alohida koridor tashkil etish masalasini Polsha infratuzilma vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilishida ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida 23–26 fevral kunlari Polsha sanoat armaturasi uyushmasi (SPAP) prezidenti boshchiligidagi missiya doirasida biznes-forum o‘tkazish, mart oyida esa Polsha Milliy iqtisodiyot banki hamkorligida energetika forumini tashkil etish yuzasidan ham kelishuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar, shuningdek, ikki tomonlama biznes-missiya, ko‘rgazma hamda madaniyat kunlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid