Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Putin allaqachon Uchinchi jahon urushini boshlagan» – Zelenskiy
Ukraina prezidenti qat’iyatini ko‘rsatishda davom etmoqda.
Foto: BBC
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin allaqachon Uchinchi jahon urushini boshlagani haqida gapirdi.
«Men Putin allaqachon uni boshlagan deb hisoblayman. Masala u bu hududlarni qay darajada egallay olishida. Va uni qanday to‘xtatishda», – degan Zelenskiy BBC jurnalisti Jyeremi Bouenga bergan intervyusida. U «Rossiya o‘z dunyosini olib kelishni va odamlarning o‘zi yoqtirgan hayotini o‘zgartirishni xohlashi»ni qo‘shimcha qilgan.
Zelenskiy Ukraina RF hukumati talab qilayotgan hududiy yon berishlarga rozi bo‘lmasligini yana bir bor ta’kidlagan. Rossiya tomoni tinchlik muzokaralarida ukrain qo‘shinlari Donetsk oblastining qolgan qismidan (hududning 20 foiz qismi hamon Ukraina nazoratida qolmoqda) ham olib chiqilishini talab qilmoqda.
«Men bu masalaga shunchaki boshqacha yondashaman. Men bunga shunchaki yerdek qaramayman. Men bunga shunday qarayman: chiqish, ya’ni pozitsiyalarimizni zaiflashtirish, u yerda qolayotgan yuz minglab odamlarimizni tashlab ketish. Men bunga mana shunday qarayman. Bunday chiqish jamiyatimizni ikkiga ajratadi», – deydi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy Putin talablari bajarilgan taqdirda ham to‘xtamasligini ta’kidlagan.
«Men shunday hisoblaymanki, bu pauza Putinga kerak. U nima demasin, haqiqat shu. Va u tiklanib olganida… Yevropadagi hamkorlarimiz bu uch-besh yillik muddat deb hisoblaydi. Mening fikrimcha, u kuchlarini bir-ikki yilda tiklab oladi, undan ko‘p emas. Shunda u qayerga boradi? Buni biz bilmaymiz. Ammo davom ettirishni xohlashi – fakt», – degan u tinchlikka erishish uchun hududiy yon berishlarga rozi bo‘lish to‘g‘ri bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrga javoban.
Zelenskiy yana bir bor uning mamlakati yutqazmayotganini, chunki ukrainlar mustaqillik uchun kurash olib borayotganini qayd etdi.
Jurnalist undan Ukrainaning g‘alabasi deganda nimani tushunish kerakligini ham so‘ragan. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina g‘alabasi deganda – ukrainlarning normal hayotga qaytishi va odamlar o‘ldirilishi to‘xtatilishini, kengroq ma’noda esa – Putindan bo‘layotgan global tahdidlar bartaraf etilishini nazarda tutgan.
U Ukraina o‘zining barcha hududlarini qaytarib olishi, bu vaqt masalasi ekanini qo‘shimcha qilgan. «Biz buni uddalaymiz. Bu mutlaqo tushunarli, vaqt masalasi. Ammo buni hozir qilmoqchi bo‘lsak, bu ko‘plab odamlar, millionlab kishilarni yo‘qotish degani. Chunki ularning armiyasi kattaroq. Biz bunday qadamning to‘lovi katta bo‘lishini tushunamiz», – degan u.
Shuningdek, Zelenskiy yana bir bor Ukraina saylovlarni xavfsizlik kafolatlangan taqdirdagina o‘tkazishga tayyorligini, o‘zi yana prezidentlikka nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligini bilmasligi haqidagi gaplarni takrorlagan.
Mavzuga oid
22:55 / 23.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yili - suratlarda
22:04 / 23.02.2026
Zalujniy Ukraina prezidentligiga nomzod bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
15:21 / 23.02.2026
Rockwool: Ukrainada ishsizlik urushdan oldingi darajaga yaqinlashdi
14:32 / 23.02.2026