Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish obektlari sun’iy intellekt yordamida nazorat qilinadi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda hududiy inspeksiyalarda tashkil etilgan onlayn kuzatish markazlari orqali davlat hisobidan qurilayotgan obektlarni masofadan nazorat qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, davlat hisobidan qurilayotgan barcha obektlarni masofaviy kuzatish maqsadida obektlarga o‘rnatilgan kameralar onlayn kuzatish markazlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilinmoqda.
Shu bilan birga, onlayn kuzatish markazlari sun’iy intellekt asosida ishlovchi elektron dasturlar bilan ta’minlanmoqda. Bu qurilish jarayonlarini avtomatik tarzda va yuqori aniqlikda kuzatish, kamchiliklarni tezkor aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish imkonini beradi.
Xususan, 2026 yil yanvar oyida 1000 dan ortiq kuzatuv kameralari orqali 1144 ta kamchilik aniqlanib, ularni bartaraf etish uchun yozma ko‘rsatmalar berilgan. Qayd etilishicha, aniqlangan kamchiliklarning 500 dan ortig‘i sun’iy intellekt yordamida avtomatik tarzda onlayn kuzatish markazlari orqali qayd etilgan.
Mavzuga oid
12:11
Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi
21:55 / 15.06.2026
Anthropic AQSh hukumati talabiga binoan o‘zining eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘chirdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
08:47 / 13.06.2026