Iqtisodiyot | 07:35
4899
3 daqiqa o‘qiladi

Sayyorani boqayotgan ekinlar: jahon reytingi

Har yili dunyo bo‘ylab qariyb ikki milliard tonna shakarqamish yig‘ib olinadi - bu uni sayyorada eng ko‘p ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi ekiniga aylantiradi va u qolgan barcha ekinlardan juda katta farq bilan oldinda turadi.

Foto: Getty Images

Taqdim etilgan infografika 2024 yildagi global dehqonchilik ko‘lamlarini namoyish etadi va asosiy oziq-ovqat ekinlari hamda muhim tijoriy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini taqqoslash imkonini beradi. Ma’lumotlar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) statistikasiga asoslangan.

Ro‘yxatdagi yetakchilarning bir qismi — insoniyat uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, boshqalari esa yirik sanoat tarmoqlarining ishlashini ta’minlaydi: bioyonilg‘i, shirinliklar va qadoqlangan mahsulotlar ishlab chiqarish kabi sohalarni.

Shakarqamish mutlaq birinchi o‘rinda — yiliga 1,94 milliard tonna, ya’ni barcha boshqa ekinlarni sezilarli darajada ortda qoldiradi.

Ikkinchi o‘rinda — 1,22 milliard tonna hajm bilan makkajo‘xori. Keyin esa dunyodagi eng muhim ikki oziq-ovqat ekin-mahsuli — guruch va bug‘doy keladi: mos ravishda 820 va 798 million tonna.

Braziliya shakarqamish hamda soyaning eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi, Xitoy, Hindiston va Rossiya kabi Yevrosiyo gigantlari esa dunyo bo‘yicha bug‘doy ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinlarni egallaydi.

Foto: Visual Capitalist

Ko‘plab ekinlarda ishlab chiqarishning yaqqol mintaqaviy markazlari mavjud. Masalan, soya asosan Xitoy, AQSh va Janubiy Amerika mamlakatlarida — Argentina, Braziliya va Paragvayda yetishtiriladi.

Braziliyada har yili uchta keyingi eng yirik ishlab chiqaruvchi mamlakatning jami yig‘im-terimidan ham ko‘proq shakarqamish yetishtiriladi. Qamish faqat oddiy shakarni ishlab chiqarish uchungina emas, balki bioyonilg‘i, patoka va turli shirinliklar tayyorlashda ham qo‘llanadi.

2024 yilda 294 million tonnaddan ortiq qand lavlagi ishlab chiqarilgan — bu jahon shakar hajmining taxminan 20 foiziga to‘g‘ri keladi. Qamishdan farqli o‘laroq, lavlagi faqat shakar olish va uni keyinchalik qayta ishlash maqsadida yetishtiriladi.

Makkajo‘xori jahon qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi, uning eng yirik ishlab chiqaruvchisi esa hali ham AQSh bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda hosilning katta qismi, ayniqsa AQShda, chorva uchun yem-xashak sifatida yoki bioyonilg‘i ishlab chiqarishga — birinchi navbatda etanolga sarflanadi.

AQSh makkajo‘xori tarmog‘ini yarim asrdan ortiq vaqt davomida keng ko‘lamli subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlab keladi. Bu yerda “Makkajo‘xori kamari” deb ataladigan hudud alohida ahamiyatga ega — mamlakatning Ayova shtati atrofida, O‘rta G‘arbda joylashgan agrar mintaqa. Bugun Ayova Meksikadan — makkajo‘xorini ilk bor Kolumbgacha bo‘lgan davrda yetishtirishni boshlagan mamlakatdan uch baravar ko‘p jo‘xori yetishtirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid