Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin: Ukrainadagi urush Xitoy va YeI munosabatlariga xalaqit bermasligi kerak
Ukrainadagi urush, rasmiy Pekin fikricha, Yevropa bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni “zaharlamasligi” kerak.
“Ukraina inqirozi” Xitoy-Yevropa munosabatlarida muammoga aylanmasligi lozim, deb bayonot berdi Xitoy TIV rasmiy vakili Mao Nin seshanba kuni, 24 fevralda — Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganiga 4 yil to‘lgan kunda va Germaniya kansleri Fridrix Mersning Pekinga tashrifi arafasida.
Mao Ninning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Xitoy Xalq Respublikasi “hech qachon olovga yog‘ sepmagan va yuzaga kelgan vaziyatdan foyda ko‘rmagan”, deb ta’kidladi u. Mersning urushda Xitoyning roli haqidagi gaplariga munosabat bildirish asnosida Mao Nin to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berishdan qochib, kansler tashrifi davomida tomonlar o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha fikr almashishini aytdi.
Bundan oldin Berlinda Mers shunday degan edi: “Agar (Xitoy raisi — tahr.) Si Jinping ertaga Putinga ‘buni to‘xtat’ desa, u indingacha majbur bo‘lib to‘xtatadi”. Xristian-demokrat siyosatchining aytishicha, Xitoy hanuz Rossiyani neft va gaz sotib olish hamda texnologiyalar yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Pekin, o‘z navbatida, Germaniya kanslerining tashrifidan ijobiy natija kutayotganini bildirdi. Mao Ninning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy bu tashrifni o‘zaro tushunish va ishonchni chuqurlashtirish, shuningdek amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyat sifatida qo‘llashga tayyor.
Xitoy Savdo vazirligi alohida bayonotida taxminan 30 kishidan iborat Germaniya iqtisodiy delegatsiyasining tarkibini yuksak baholab, bu Berlin ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishga tayyor ekanining dalili ekanini aytdi. Vazirlikda, shuningdek, Xitoy Germaniya bilan iqtisodiy va savdo-siyosiy hamkorlikka katta ahamiyat berishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:25 / 09.06.2026