Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seuldagi RF elchixonasi “G‘alaba bizniki bo‘ladi” bannerini olib tashladi
Janubiy Koreyadagi Rossiya elchixonasi seshanba kuni, 24 fevralda, tashqi devorda ikki kun osilib turgan “G‘alaba bizniki bo‘ladi” degan yozuvli 15 metrlik bannerni olib tashladi. Bu haqda “Renxap” agentligi xabar berdi.
Bundan oldin Seul ushbu bannerdan xavotir bildirib, mazkur shior Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga ishora sifatida qabul qilinishi mumkinligi va shu sababli RFning boshqa davlatlar bilan munosabatlarida “keskinlik keltirib chiqarishi” ehtimoli borligini aytgan. Banner 22 fevral kuni — Rossiyaning Ukrainaga to‘laqonli bosqini boshlanganining to‘rt yilligi arafasida osib qo‘yilgan edi.
Bannerni olib tashlash qarori aynan nima bilan bog‘liq ekanini elchixona tushuntirmagan. Biroq “Renxap” jamoatchilik tanqidiga ishora qiladi: xususan, janubiy koreyalik faollar va ayrim rossiyaliklar elchixona binosi oldida yakka tartibda piketlar seriyasiga chiqqan. Masalan, Hwalbindan jamoat tashkiloti rahbari Xon Chon Sik “Putinni to‘xtating. Urushni to‘xtating” degan yozuvli plakatni ushlab, “Bu badbashara plakatni olib tashlang” va “Koreya Respublikasi urushga qarshi” degan shiorlarni aytgani agentlik tomonidan keltiriladi.
Bundan tashqari, Rossiya diplomatik vakolatxonasi vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbirni ham bekor qildi. U Seul markazida, elchixona oldida ko‘chada o‘tkazilishi kerak edi, ammo “oxirgi daqiqada” uni bino ichiga ko‘chirishgan.
22 fevral kuni esa RF elchixonasi Janubiy Koreya TIV bildirgan xavotirga javoban, bannerni joylashtirish “rossiyaliklarning vatanparvarlik asosida birlashuviga xizmat qiladi” deya bildirgan edi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026