Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda ta’lim tizimi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
Jizzax viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ta’lim tizimi mas’ullaridan birining noqonuniy harakatlari fosh etildi.
Foto: DXX
Ma’lum bo‘lishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga uning rahbaridan 4,8 million so‘m miqdorida pora talab qilgan.
Manbalarga ko‘ra, mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, dastlabki tergov jarayonida ushbu shaxsning Jinoyat kodeksining 167-, 209- va 243-moddalarida nazarda tutilgan boshqa noqonuniy harakatlari ham aniqlangani ma’lum qilindi.
Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
14:42 / 25.02.2026
Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi Mahmud Xolbo‘tayev 11 yilga qamaldi
10:01 / 24.02.2026
“Javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmayapti” – Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan 70 dan ortiq bola shifoxonada qolmoqda
19:53 / 23.02.2026
Jizzax viloyatida ikkita Cobalt Hyundai’ni to‘xtatdi. Haydovchi va yo‘lovchilar kaltaklangan
14:03 / 19.02.2026