Sport | 12:10
6046
13 daqiqa o‘qiladi

Vini yana raqs tushdi, Turinda drama. YeChLda javob o‘yinlari

YeChL pley-offiga chiqqan barcha jamoalar nomi ma’lum. 1/8 finalda «PSJ» «Barselona»ga, «Real» – «Siti»ga raqib bo‘lishi mumkin.

Chorshanba oqshomida Chempionlar ligasi pley-offiga o‘tish bosqichi o‘yinlari yakunlandi. Endi 1/8 finalda ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi ma’lum.

«Nyukasl Yunayted» – «Qorabog‘» 3:2
Gollar:
Tonali, 4 (1:0). Joelinton, 6 (2:0). Duran, 51 (2:1). Botman, 52 (3:1). Jafarguliyev, 57 (3:2)
Aniq ijro etilmagan penalti: Yankovich, 57’
«Nyukasl Yunayted»: Ramsdeyl, Botman (Holl, 53), Byorn, A. Myorfi, Trippiyer (Uillok, 53), Tonali, Joelinton (Gordon, 54), Voltemade, Barns, J. Myorfi (Shaxar, 87), Osula (Vissa, 73)
«Qorabog‘»: Koxalski, Guseynov, Medina, Silva, Yankovich (Bayramov, 79), Pedru Bikalyu, Jafarguliyev (Adday, 79), Bolt, Montiel (Borjyes, 62), Zubir (Gurbanli, 79), Duran (Kashchuk, 69)
Ogohlantirish: Pedru Bikalyu, 80
Umumiy natija: 9:3

«Qorabog‘»ning Chempionlar ligasidagi ertagi yakunlandi. Birinchi o‘yindagi natija (1:6) Ozarboyjon jamoasining 1/8 finalga chiqish imkoniyatini amalda yo‘qqa chiqargandi. Angliyadagi o‘yinda ushbu klub munosib o‘yin ko‘rsatdi, ammo yana yutqazdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:9 hisobidan keyin jamoa turnirdagi ishtirokini yakunlandi. Hozircha «Qorabog‘»ning «Nyukasl» kabi raqiblarga kuchi yetmasligi ma’lum bo‘ldi.

«Atletiko» – «Bryugge» 4:1
Gollar:
Syorlot, 23 (1:0). Ordones, 36 (1:1). Kardozo, 48 (2:1). Syorlot, 76 (3:1). Syorlot, 87 (4:1)
«Atletiko»: Oblak, Gansko, Pubil, Rudjyeri, Liorente, Kardozo (Ximenes, 83), Koke (Molina, 70), Baena (Lukman, 70), Simeone (Mendosa, 83), Syorlot, Alvares (Grizmann, 58)
«Bryugge»: Minole, Ordones, Mehele (Meyyer, 88), Seys (Lemareshal, 82), Sabbe, Stankovich, Vetlesen (Verman, 65), Vanaken, Tzolis (Nilsson, 82), Borjyesh, Tresoldi (Dyakon, 65)
Ogohlantirishlar: Lorente, 85 – Ordones, 40. Verman, 85
Umumiy natija: 7:4

Aleksandr Syorlot – «Bryugge»ning jallodiga aylandi. Belgiya klubi ikkinchi o‘yinda ham «Atletiko»ga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi, ammo yakunda Chempionlar ligasi bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keldi. Uch bo‘limdan keyin «Bryugge» nomdor raqibi bilan teng ko‘rsatkich qayd etayotgandi – 4:4. Ammo «Atletiko» Madriddagi o‘yinni yirik g‘alaba bilan yakunladi. Syorlot het-trik qayd etdi va klubini keyingi bosqichga olib o‘tdi.

«Inter» – «Budyo-Glimt» 1:2
Gollar:
Hauge, 58 (0:1). Even, 72 (0:2). Bastoni, 76 (1:2)
«Inter»: Zommer, Akanji, Bastoni, Bissek (Dyumfris, 81), Zelinski (Suchich, 62), Frattezi (Diuf, 62), Barella, Dimarko (Karlos Augustu, 81), Luis Enrike (Bonni, 62), Tyuram, Espozito
«Budyo-Glimt»: Xaykin, Bertuft, Gundersen, Berkan (Aleyesami, 85), Sevold, Berg, Fet, Even (Saltnes, 82), Hauge, Blomberg (Helmersen, 77), Heg (Myayattya, 77)
Ogohlantirish: Gundersen, 67
Umumiy natija: 5:2

«Budyo-Glimt» esa navbatdagi sensatsiyani amalga oshirdi. Norvegiya jamoasi umumiy guruh bosqichida «Manchester Siti» (3:1) va «Atletiko» (2:1) kabi grand raqiblarni mag‘lub etgandi, o‘tish bosqichida esa «Inter»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (3:1, 2:1). Birinchi o‘yindan keyin ko‘pchilik YeChLning o‘tgan mavsumi finalchisi ikki ochkolik farqni yo‘qqa chiqarishi va pley-offga o‘tishini taxmin qilgandi. Ammo amalda barchasi boshqacha kechdi. Kristian Kivu endi bor e’tiborini skudetto uchun kurashga qaratadi.

«Bayyer» – «Olimpiakos» 0:0
«Bayyer»: Blasvih, Andrih, Tapsoba, Kuansa, Garsiya, Palasios (Fernandes, 72), Grimaldo, Vaskes (Artur, 77), Maza (Poku, 56), Hofmann (Kalbret, 73), Shik
«Olimpiakos»: Tzolakis, Pirola, Retsos, Ortega, Rodiney, Esse, Dani Garsiya (Onemayechi, 90), Muzakitis (Skipioni, 79), Martinsh (Kleyton, 90), Shikinyu (Al-Kaabi, 66), Torimiy (Andre Luis, 66)
Ogohlantirishlar: Pirola, 90
Umumiy natija: 2:0

«Bayyer» «Olimpiakos» to‘sig‘idan osonlik bilan o‘tdi. Greklar klubi ushbu raqibni umumiy guruh bosqichida mag‘lub etgandi (2:0), ammo o‘tish o‘yinlarida birorta ham gol ura olmadi. Safardagi o‘yinda barchasini hal qilgan nemislar jamoasi o‘z uyida ikki gol ustunligini saqlab qoldi.

«Atalanta» – «Borussiya» 4:1
Gollar:
Skamakka, 5 (1:0). Dzappakosta, 45 (2:0). Pashalich, 57 (3:0). Adeyyemi, 75 (3:1). Samarjich, 90+8 – penalti (4:1)
«Atalanta»: Karnesekki, Hin, Kolashinats (Axanor, 72), Skalvini (Jimsiti, 77), Pashalich, de Ron, Bernaskoni, Dzappakosta, Samarjich, Zalevski (Suleymana, 85), Skamakka (Krstovich, 72)
«Borussiya» D: Kobel, Anton, Bensebayni, Emre Jan, Bellinghem (Koutu, 70), Nmecha, Svensson, Ryuerson (Adeyyemi, 70), Brandt (Chukvuemeka, 60), Bayyer (Silva, 60), Girassi
Ogohlantirishlar: Hin, 69 – Bensebayni, 13. Emre Jan, 53. Silva, 69. Ryuerson, 90
Chetlatishlar: Bensebayni, 90+7 (ikkinchi sariq). Shlotterbek, 90+7. –Skalvini, 90+7
Umumiy natija: 4:3

«Borussiya» birinchi o‘yinda qulay hisobda g‘alaba qozonganiga qaramay, Chempionlar ligasini tark etdi. «Atalanta» Bergamoda kechgan javob o‘yinida xarakter ko‘rsatdi va birinchi bo‘limdayoq umumiy hisobni tenglashtirdi, ikkinchi bo‘lim boshida esa hisobda oldinga ham chiqib oldi. Keyin esa Adeyyemi javob golini urib, muvozanatni tikladi. Barcha qo‘shimcha bo‘limlarga tayyorlanayotganida esa mehmonlar jarima maydoni ichida hal qiluvchi vaziyat yuzaga keldi.

Shu kungi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan Bensaybayni fol ishlatdi, hakam uni maydondan chetlatdi va 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Samarjich 90+8-daqiqada g‘alaba golini urdi.

«Yuventus» – «Galatasaroy» 3:2
Gollar:
Lokatelli, 37 – penalti (1:0). Gatti, 70 (2:0). Makkenni, 82 (3:0). Osimhen, 105+1 (3:1). Barish Yilmaz, 119 (3:2)
«Yuventus»: Perin, Gatti, Kelli, Makkenni, Kalulu (Kostich, 109), Lokatelli (Openda, 109), Kopmeyners, Tyuram (Adjich, 77), Kenan Yildiz (Miretti, 103), Konseysau (Jyegrova, 67), Devid (Boga, 67)
«Galatasaroy»: Ugurjan Chaqir, Sanches, Abdulkarim Bardakchi, Yakobs (Eren Elmali, 87), Sholloi (Boe, 59), Torreyra (Singo, 103), Lemina (Ikardi, 87), Sara (Gundo‘g‘an, 71), Barish Yilmaz, Lang (Sane, 59), Osimhen
Ogohlantirishlar: Kelli, 25. Kenan Yildiz, 31 – Osimhen, 14. Sholloi, 33. Sara, 60. Ugurjan Chaqir, 111
Chetlatish: Kelli, 48
Umumiy natija: 5:7

Bundanda dramatik voqea Turinda ro‘y berdi. Istanbuldagi 2:5 hisobidan keyin Luchano Spalletti jamoasida hech qanday imkon qolmagandek ko‘ringandi. Javob o‘yinida esa italyanlar uchta gol urishdi, shundan ikkitasini bir kishi kamchilik bo‘lib qolganida.

49-daqiqada himoyachi Lloyd Kelli havodagi to‘p uchun kurashda muvozanatini yo‘qotib, yerga qo‘nishda butsasining ostki qismi bilan Barish Yilmazning oyog‘iga zarba berib yubordi. Avvaliga hakam unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi, VAR tekshiruvidan keyin bu to‘g‘ridan to‘g‘ri qizilga aylandi.

Umumiy hisob tenglashgach, jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tishdi.

Overtaymlar boshida turinliklar to‘rtinchi golni urishga juda yaqin kelishdi, ammo Jyegrova o‘ta qulay imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.

«Galatasaroy» esa baribir son jihatdan ustunlikdan foydalanib, 0:3 hisobini 2:3 ko‘rinishiga keltirdi. Turkiyada o‘tkazib yuborilgan ortiqcha gollar (o‘sha o‘yinda ham jamoa ozchilik bo‘lib qolgandi) «Yuventus»ga qimmatga tushdi.

«PSJ» – «Monako» 2:2
Gollar:
Akliush, 45 (0:1). Markinos, 60 (1:1). Kvaratsxeliya, 66 (2:1). Teze, 90+1 (2:2)
«PSJ»: Safonov, Markinos, Pacho, Nunu Mendesh (Ernandez, 80), Hakimi, Vitinya, Joau Nevesh, Zair-Emeri (Fernandes, 87), Barkolya (Li Kan In, 69), Kvaratsxeliya, Due (Ramush, 88)
«Monako»: Ken, Zakariyo (Mavissa, 74), Fas, Kerer, Kamara, Bamba (Teze, 62), Kayyu Enrike, Vanderson (Nibombe, 90+4), Kulibali, Akliush (Biyeret, 74), Balogun (Adingra, 74)
Ogohlantirishlar: Safonov, 90 – Zakariyo, 24. Vanderson, 48. Kulibali, 55. Nibombe, 90
Chetlatish: Kulibali, 58 (ikkinchi sariq)
Umumiy natija: 5:4

«PSJ» va «Monako» o‘rtasidagi ikki o‘yin ham gollarga boy bo‘ldi. Birinchi o‘yinda monegaskliklar birinchi bo‘limda 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan, ammo ikkinchi bo‘limda Aleksandr Golovin to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olgach, yutqazgandi. Javob o‘yinida ham «Monako» hisobni ochdi, keyin esa yana o‘n kishi bo‘lib qoldi. Parijliklar olti daqiqa ichida ikki gol urishdi va amalda o‘yin taqdirini hal qilishdi. Ammo o‘yin oxiri ancha keskin ruhda o‘tdi, mehmonlar avvaliga hisobni tenglashtirishdi, keyin esa g‘alabani ilib ketish uchun ham imkoniyatlarga ega bo‘lishdi.

«Real» – «Benfika» 2:1
Gollar:
Rafa Silva, 14 (0:1). Tshuameni, 16 (1:1). Vinisius Junior, 80 (2:1)
«Real»: Kurtua, Raul Asensio (Alaba, 77), Ryudiger, Karreras (F. Garsiya, 90+1), Aleksandr-Arnold, Tshuameni, Kamavinga (Mastantuono, 77), Valverde, Vinisius Junior, Arda Guler (Palasios, 84), G. Garsiya (Pitarch, 84)
«Benfika»: Trubin, Otamendi, Arauxu, Dal, Dedich, Barreyru (Lopesh Kabral, 90+1), Rios, Rafa Silva, Shelderup (Barrenechea, 85), Eursnes (Ivanovich, 85), Pavlidis
Ogohlantirishlar: Raul Asensio, 57. Palasios, 90 – Rios, 35. Otamendi, 51
Umumiy natija: 3:1

«Real» «Benfika»ni ikki o‘yinda ham mag‘lub etdi. Ikki o‘yinda ham g‘alaba golini Vinisius Junior urdi. Lissabondagi o‘yin u va Janluka Prestianni o‘rtasidagi irqchilik mojarosi bilan yodda qolgandi. Yakunda argentinalik futbolchi javob o‘yini uchun diskvalifikatsiya qilindi, braziliyalik esa golini bu safar ham bayroqcha oldida raqs tushish bilan nishonladi (Portugaliyadagi o‘yinda u aynan shunday harakatidan keyin irqchilik hujumiga uchragandi).

Mbappe yo‘qligida aynan Vinisius barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmoqda va o‘yinlarni hal qilmoqda.

Joze Mourinio esa umumiy guruh bosqichida madridliklarni mag‘lub etib, o‘tish o‘yinlariga o‘tgandi, ammo yana shu raqibga duch kelib, ikki o‘yinda ham yutqazdi.

1/8 finalda kim kim bilan o‘ynaydi?

Bungacha umumiy guruh bosqichida dastlabki sakkiz o‘rinni egallagan jamoalar YeChL 1/8 finaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olgandi. Bular «Arsenal», «Bavariya», «Liverpul», «Tottenhem», «Barselona», «Chelsi», «Sporting» va «Manchester Siti». O‘tish bosqichidan o‘tgan sakkiz jamoa ularga qo‘shildi.

Nimchorak finalda kim kimga qarshi o‘ynashi qur’a orqali aniq bo‘ladi. Lekin hozirdan jamoalar ehtimoliy raqiblarini bilishadi.

«Arsenal» – «Bayyer» yoki «Atalanta»
«Bavariya» – «Bayyer» yoki «Atalanta»
«Liverpul» – «Atletiko» yoki «Galatasaroy»
«Tottenxem» – «Atletiko» yoki «Galatasaroy»
«Barselona» – «PSJ» ili «Nyukasl»
«Chelsi» – «PSJ» yoki «Nyukasl»
«Sporting» – «Real» yoki «Budyo-Glimt»
«Manchester Siti» – «Real» yoki «Budyo-Glimt»
«Real» – «Sporting» yoki «Manchester Siti»
«PSJ» – «Barselona» yoki «Chelsi»
«Nyukasl» – «Barselona»yoki «Chelsi»
«Atletiko» – «Liverpul» yoki «Tottenhem»
«Atalanta» – «Arsenal» yoki «Bavariya»
«Bayyer» – «Arsenal» yoki «Bavariya»
«Galatasaroy» – «Liverpul» yoki «Tottenhem»
«Budyo-Glimt» – «Sporting» yoki «Manchester Siti».

1/8 final uchun qur’a 27 fevral kuni tashlanadi. Bu bosqichda dastlabki o‘yinlar 10 va 11 mart, javob uchrashuvlari – 17 va 18 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid