Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birinchi hududlararo forum Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilishi mumkin
Hududlararo iqtisodiy hamkorlik va tajriba almashish tizimini joriy etishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, birinchi Hududlararo iqtisodiy hamkorlik forumini Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazish taklif etilmoqda.
Foto: Kun.uz
Loyiha prezident farmoni ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, 2026 yildan boshlab Hududlararo iqtisodiy hamkorlik forumini muntazam ravishda o‘tkazish hamda Hududiy hamkorlik kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, forum 2026 yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida navbatma-navbat, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafik asosida har chorakda bir marta o‘tkaziladi. Forum mavzusi har bir hududning ixtisoslashuvi va ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Forumning asosiy maqsadlari sifatida hududlararo kooperatsiyani kengaytirish, tadbirkorlar o‘rtasida muloqotni kuchaytirish, ilg‘or tajribalarni respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etish belgilanmoqda.
Shuningdek, hududlardagi samarali amaliyotlarni jamlash va loyihalar monitoringini ta’minlash uchun maxsus elektron platforma ishga tushirilishi rejalashtirilgan. U orqali hududlararo loyihalarning amalga oshirilishi va dinamikasi real vaqt rejimida kuzatib boriladi.
Qaror loyihasi qabul qilingan taqdirda, forumni tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar tegishli hududiy hokimliklar zimmasiga yuklanishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
13:28 / 26.02.2026
Qoraqalpog‘istonda metan zapravkalarga vaqtincha cheklovlar joriy etildi
12:40 / 24.02.2026
Misrlik talabalarni Qoraqalpog‘iston OTMga jalb etish taklif qilindi
20:06 / 20.02.2026
Orolbo‘yi va Ustyurt platosida Mars sayyorasi manzarasini eslatuvchi nuqtalarda glemping zonalari tashkil etiladi
16:08 / 11.02.2026