Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirildi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqib, hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda xavfsizlik choralariga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirdi va qator tavsiyalar berdi.
Elchixonaning ma’lum qilishicha, mintaqada xavfsizlik holati tez o‘zgarishi mumkinligi sababli, quyidagilar tavsiya etiladi:
- Isroil rasmiy idoralari va mahalliy hokimiyat organlarining xabar va ko‘rsatmalariga amal qiling.
- Ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan joylarga borishdan va odamlar gavjum hududlarda uzoq vaqt qolishdan saqlaning.
- Sayohat va harakatlanishni rejalashtirishda ehtiyotkorlikka rioya qiling, ayrim hududlarga safarni vaqtincha kechiktirishni ko‘rib chiqing.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlaringizni doimo o‘zingiz bilan olib yuring hamda yaqinlaringiz bilan doimiy aloqada bo‘ling.
Bayonotda keltirilishicha, elchixona bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanish mumkin:
- 03-672-2466
- 03-672-2371
- 03-758-5075
- 03-758-5076
Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:
- +972 54 485 1397
Elektron pochta: [email protected]
“Iltimos, vaziyatga jiddiy yondashing va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling”, – deyiladi O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi chaqirig‘ida.
27 fevral kuni AQSh Davlat departamenti Amerika hukumatining Isroilda bo‘lib turgan, lekin favqulodda muhim pozitsiyada bo‘lmagan xodimlari va ularning oila a’zolariga Isroildan chiqib ketishga ruxsat berdi. AQSh terroristik hurujlar va harbiy nizolar xavfi tufayli o‘z fuqarolarini Isroilga sayohat qilish rejalarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.
Kecha, 26 fevral kuni Jyenevada Eron yadro dasturi bo‘yicha Tehron va Vashington o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi yakunlandi.
Mavzuga oid
08:40
Jyenevada Eronning yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar yakunlandi
20:59 / 26.02.2026
Eron AQSh bilan ehtimoliy urush oqibatlariga tayyorlanmoqda
15:24 / 26.02.2026
Bloomberg: RF va Eron Xitoyga neft sotish uchun narx urushi olib bormoqda
00:01 / 26.02.2026