Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p sarf Samarqand va Toshkentda: ta’mir xizmatlari statistikasi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari hajmi qariyb 14,4 trln so‘mni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyati va Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Foto: STATISTIKA
Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda respublika bo‘yicha kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari hajmi qariyb 14,4 trln so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 20,7 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida eng katta hajm Samarqand viloyatida — 1,8 trln so‘m, Toshkent shahrida — 1,7 trln so‘m qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati va Farg‘ona viloyati (har biri 1,5 trln so‘m) hamda Qashqadaryo viloyati (1,4 trln so‘m) turadi.
Qolgan hududlarda ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston — 838,8 mlrd so‘m;
Andijon — 987,4 mlrd so‘m;
Buxoro — 796,5 mlrd so‘m;
Jizzax — 468,2 mlrd so‘m;
Navoiy — 344,3 mlrd so‘m;
Namangan — 1,1 trln so‘m;
Surxondaryo — 781,7 mlrd so‘m;
Sirdaryo — 254,4 mlrd so‘m;
Xorazm — 995,1 mlrd so‘m.
Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida — 254,4 mlrd so‘m qayd etilgan.
Mavzuga oid
17:30
Ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirishda ayblangan Asadbek Jumayevning qamoqdagi suratlari tarqatildi
11:39
“17 ming dollarga Isroilga yuboraman”: Samarqandda gumonlanuvchi ushlandi
09:38
Toshkent iqlimiga mos ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi
18:16 / 27.02.2026