Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehronda portlashlar: Isroil va AQShning Eronga qarshi amaliyoti boshlandi
Isroil mudofaa vaziri Eronga qarshi preventiv harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Unda AQSh ham ishtirok etmoqda.
Foto: AP
Isroil shanba kuni, 28 fevral, Eronga preventiv zarba berganini mamlakat mudofaa vaziri Israel Kats ma’lum qildi. “Isroil davlati Isroil davlatiga bo‘lgan tahdidni bartaraf etish maqsadida Eronga preventiv zarba berishni boshladi”, — deyiladi uning bayonotida.
Isroil mudofaa vazirligi vakili esa operatsiya bir necha oy davomida rejalashtirilganini, uni boshlash sanasi esa bir necha hafta oldin belgilab qo‘yilganini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh harbiylari Eronga qarshi «katta jangovar operatsiyalarni» boshlaganini tasdiqladi. U Truth Socialʼda 8 daqiqalik videomurojaat e’lon qildi.
«Bizning maqsadimiz — Eron rejimidan kelayotgan tahdidlarni yo‘q qilish orqali Amerika xalqini himoya qilishdir. Bu juda shafqatsiz, qattiqqo‘l va dahshatli odamlar guruhi. Ularning tahdidli faoliyati bevosita Qo‘shma Shtatlar, bizning qo‘shinlarimiz, xorijdagi harbiy bazalarimiz va butun dunyo bo‘ylab ittifoqchilarimiz xavfsizligiga rahna solmoqda», dedi Tramp.
Tehronda portlashlar
Eron davlat ommaviy axborot vositalari Tehron markazida uchta portlash ovozi eshitilgani va qalin tutun ko‘tarilganini xabar qildi. Eron poytaxtining sharqiy va g‘arbiy qismlaridagi ayrim hududlarda mobil aloqa liniyalari o‘chirilgan, internet ulanishi esa kuchsizlashgan va beqaror ishlayapti.
Fars agentligi Eronning Isfahon, Qum, Karaj va Kermanshoh shaharlarida ham portlashlar bo‘lganini xabar qilmoqda.
AP agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroil zarbasining nishonlaridan biri Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyning ofisi bo‘lgan. Shu bilan birga, Reuters agentligiga ko‘ra, Eron hukumati vakili Xomanaiy “xavfsiz joyga ko‘chirilgani”ni va u hozir Tehronda emasligini aytgan.
Bu orada, Reuters guvohlariga tayanib xabar berishicha, Tehronda yonilg‘i quyish shoxobchalari oldida uzun navbatlar paydo bo‘lgan, ko‘plab odamlar shaharni tark etmoqda.
Eronning Mehr agentligi esa hujum ostida razvedka binosi va prezidentlik majmuasi, shuningdek Tehron aeroporti ham bo‘lganini xabar qildi.
Javob zarbalari kutilmoqda
Isroilda aholini Eronning ehtimoliy javob zarbasidan ogohlantirish uchun havo trevogasi e’lon qilindi, deb xabar qildi Isroil mudofaa armiyasi (TSAHAL). Isroil havo hududi fuqarolik aviatsiyasi uchun yopildi.
Isroil armiyasi, shuningdek, mamlakat “alohida rejim”ga o‘tayotganini bildirdi: maktablar va universitetlar yopiladi, ommaviy tadbirlar bekor qilinadi, korxonalarning aksariyati ishini to‘xtatadi. Faqat o‘ta muhim xizmatlar ishlashda davom etadi.
AQShning Qatardagi elchixonasi o‘zining butun xodimlari uchun “joyida panohlanish” (shelter-in-place) rejimi joriy qildi va AQSh fuqarolariga ham keyingi ko‘rsatmalarga qadar xuddi shunday qilishni tavsiya etdi.
Mavzuga oid
15:17
Eron Qatar va Bahrayndagi AQSh harbiy bazalariga zarba berdi
14:49
Eronga qarshi AQSh-Isroil operatsiyasi, Kubaga ko‘z tikkan Tramp va Boliviyada sochilgan pullar – kun dayjesti
14:48
Eron “birinchi to‘lqin” haqida e’lon qildi: Isroilga raketalar uchirildi
13:55