Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil: Qo‘shma zarbalarda Ali Xominaiy va Mas’ud Pizishkiyon nishonga olindi
Isroillik rasmiy AQSh bilan qo‘shma zarbalar chog‘ida Eron oliy rahbari Ali Xominaiy va prezident Mas’ud Pizishkiyon nishonga olinganini aytdi. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan ko‘rinishicha, Tehrondagi oliy rahbar qo‘riqlanadigan majmuada qora tutun va vayronagarchilik kuzatilgan.
Hujumlardan keyingi Tehron / Foto: Reuters
Reuters bilan suhbatlashgan isroillik rasmiy Isroil-AQSh qo‘shma zarbalari chog‘ida Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiy va prezident Mas’ud Pizishkiyon nishonga olinganini aytgan. Shuningdek, u zarbalar natijasi hozircha noaniq ekanini bildirdi.
Masaladan xabardor manba bundan avval Reutersʼga Xominaiy Tehronda emasligi va xavfsiz joyga ko‘chirilganini aytgan edi.
Eron hokimiyatiga yaqin manbaga ko‘ra, zarbalar natijasida Inqilobiy gvardiyaning bir nechta yuqori lavozimli qo‘mondonlari va siyosiy amaldorlar halok bo‘lgan.
Eron ommaviy axborot vositalari esa mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi omon ekanini xabar qildi.
New York Times'ning yozishicha, sputnik tasvirlari Tehronda Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiyning qo‘riqlanadigan majmuasida qora tutun ustuni va keng ko‘lamli vayronagarchilik kuzatilganini ko‘rsatmoqda, ammo uning qayerdaligi noma’lum.
Airbus tomonidan shanba kuni ertalab olingan suratda odatda Xominaiyning qarorgohi va yuqori lavozimli rasmiylarni qabul qilish joyi sifatida xizmat qiladigan majmuada binolar qulagani ko‘rinadi.
Boshqa manbalar hujumlar Eronning sobiq prezidenti, Mahmud Ahmadinajod yashaydigan hududga to‘g‘ri kelganini yozmoqda. Portlash vaqtida uning qayerda bo‘lgani haqida darhol ma’lumot berilmagan.
Oyatulloh Ali Xominaiy, 86 yoshda, 1989 yildan beri Eronni boshqarib kelmoqda. Oliy rahbar sifatida u Islom respublikasida hukumatning barcha tarmoqlari, harbiy kuchlar va sud tizimi ustidan eng yuqori hokimiyatga ega.
2025 yil iyun oyida Isroil va AQSh tomonidan amalga oshirilgan zarbalar bir nechta yaqin maslakdoshlari va Inqilobiy gvardiya qo‘mondonlarining halok bo‘lishiga olib kelganidan so‘ng, Xominaiy yashiringan edi. O‘sha iyundagi zarbalar Eronning muhim yadroviy va raketa inshootlarini vayron qilgan.
Mavzuga oid
20:27
Yaqin Sharqdagi mojaroning ilk kuni: Eron, Suriya, Iroq va BAAda qurbonlar qayd etildi
19:39
Eron mudofaa vaziri va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari halok bo‘ldi – OAV
18:10
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi
15:17