Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB: 2025 yilda 15 mingdan ortiq avtomashina auksionga chiqarildi
2025 yil davomida Majburiy ijro byurosi tomonidan qarzdorlikni undirish doirasida 15 206 ta avtotransport vositasi auksion savdolariga chiqarildi. Ularning bir qismi elektron onlayn-auksion orqali sotildi.
Foto: MIB
Majburiy ijro byurosi axborot xizmati ma’lum qilishicha, 2025 yilda jami 2 trillion 137 milliard so‘mlik 15 206 ta avtomashina auksionga chiqarilgan. Shundan 797 milliard so‘mlik 5 746 tasi elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotilgan.
Qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq ishlar doirasida undiruv ko‘p hollarda qarzdorning mol-mulkiga, xususan avtotransport vositalariga qaratiladi. Ixtiyoriy to‘lash uchun belgilangan muddatlarda qarz qoplanmagan taqdirda, mol-mulkka band solinib, xatlanadi va belgilangan tartibda elektron savdolarga chiqariladi.
Jumladan, soliq va bank kreditlari bo‘yicha qarzdorlik holatlarida garovga qo‘yilgan yoki qarzdorga tegishli avtomashinalar qidiruvga berilib, aniqlanganlari jarima maydonlariga joylashtirilgan hamda e-ijro auksion yagona elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga qo‘yilgan.
MIB ta’kidlashicha, qarzdorlik turli sabablar bilan yuzaga kelishi mumkin, biroq qonunchilikka muvofiq har bir moliyaviy majburiyat belgilangan tartibda undiriladi.
Mavzuga oid
16:05 / 23.02.2026
MIBdan qarzdorlikni qanday tekshirish mumkin?
14:31 / 12.02.2026
Raqobat qo‘mitasi asossiz qarzdorlik yuzasidan Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yubordi
18:05 / 10.02.2026
«Kvartplata»dan qarzdorlar uchun elektrga to‘lov qilish cheklanadi
15:42 / 05.02.2026