O‘zbekiston | 19:03
3325
1 daqiqa o‘qiladi

1 martdan gaz narxlari oshirilgani yo‘q - Energetika vazirligi

Vazirlikning bildirishicha, to‘lovlar eski tarifda amalga oshiriladi, biroq 1 martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy me’yor o‘zgardi.

Energetika vazirligi O‘zbekistonda 1 martdan gaz narxi oshirilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Vazirlikning bildirishicha, to‘lovlar eski tarifda amalga oshiriladi, biroq 1 martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy me’yor o‘zgardi.

Avvalroq isitish mavsumida gaz bo‘yicha bazaviy me’yor 5 barobarga - 100 kub metrdan 500 kub metrga oshirilgandi. Xususan, noyabr-fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart-oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy me’yor” belgilangandi. Bu tartib Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr-fevral oylarida amal qiladi.

Shu sababli 2026 yil 1 martdan 31 oktyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy me’yor” amal qiladi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid