Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay aeroporti ochilganidan so‘ng birinchi samolyot Toshkentga parvoz qildi
O‘zbekistonning «Centrum Air» xususiy aviakompaniyasi A320 samolyotida Dubay - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha texnik reysni amalga oshiradi.
Foto: Centrum Air
Dubay aeroportidan parvozlar bekor qilinganidan uch kun o‘tib birinchi reyslar amalga oshirildi. Dubaydan Toshkent va Bangladesh poytaxti Dakkaga samolyotlar uchib ketgan.
Ma’lum bo‘lishicha, reyslardan (MFX358) birini O‘zbekistonning «Centrum Air» xususiy aviakompaniyasi A320 samolyotida Dubay - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirmoqda.
Centrum Air aviakompaniyasi ushbu parvoz texnik (Ferry Flight) reys hisoblanib, yo‘lovchilarsiz amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
«Hozirgi vaqtda Dubay aeroporti (DXB) yo‘lovchilarni olib chiqish uchun reyslarni amalga oshirishga ruxsat bermadi. Ruxsat faqat havo kemalarining texnik parvozlarini amalga oshirish uchun taqdim etilgan. Centrum Air aviakompaniyasi vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Rasmiy ruxsat olinganidan so‘ng aviakompaniya darhol qo‘shimcha reyslarni tashkil etadi va yo‘lovchilarni rasmiy kanallar orqali xabardor qiladi», deyiladi xabarda.
Avvalroq BAA fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi BAA aeroportlaridan cheklangan miqdordagi reyslar amalga oshirilishini tasdiqlagandi.
Dunyodagi eng yirik Dubay aeroporti 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi urush boshlaganida reyslarni qabul qilish va jo‘natishni to‘xtatdi. Oqibatda minglab sayyohlar aeroportlarda qolib ketgan edi.
Mavzuga oid
08:17
BAA Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil suv koridori konseptini taqdim etdi
17:50 / 21.04.2026
Etihad Airways avgustdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
09:38 / 07.04.2026