Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaz uchun qishki mavsumdagi limit barcha hududlarda 15 martgacha uzaytirildi
500 kubometrlik bazaviy me’yor masalasi 15 martdan keyin ob-havo sharoitiga qarab yana ko‘rib chiqiladi.
Foto: Kun.uz
Aholi xonadonlarida tabiiy gaz sarfining isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metrlik bazaviy me’yori O‘zbekistonning barcha hududlarida 2026 yilning 15 martiga qadar uzaytirildi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, yangilangan ob-havo prognozlaridan kelib chiqib shunday qarorga kelingan. Sovuq havo massasi faqat shimoliy hududlar emas, respublikaning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli bor.
“15 martdan keyin esa, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq isitish mavsumi uchun limit Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlari uchun 15 martgacha uzaytirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, isitish mavsumidan tashqari vaqtdagi bazaviy me’yor oyiga 100 kubometrni tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:49 / 02.03.2026
Taxiatosh IES davlat ixtiyoriga qaytariladi
15:21 / 02.03.2026
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tabiiy gaz uchun isitish mavsumi bazaviy me’yori 15 martgacha uzaytirildi
15:20 / 26.02.2026
Orban Kiyevni Vengriya energetikasiga hujumlar rejalashtirishda aybladi
09:28 / 25.02.2026