O‘zbekiston | 10:23 / 03.03.2026
1819
1 daqiqa o‘qiladi

Poytaxtda yuk mashinalari bo‘yicha vazn-hajm monitoringi kuchaytirildi

Toshkent shahrida yuk transport vositalarini nazorat qilish bo‘yicha reyd tadbirlari davom etmoqda.

Foto: Kun.uz 

Reydlar davomida vazn va hajm parametrlariga rioya qilmagan haydovchilarga nisbatan amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi xodimlari Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda Transport nazorati inspeksiyasi bilan hamkorlikda nazorat tadbirlarini olib bormoqda.

Reyd jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Ushbu tadbirlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yuk transporti vositalari faoliyatini tartibga solish hamda avtomobil yo‘llarining texnik holatini saqlashga qaratilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid