Qömita axborotiga köra, Samarqandda Uzum Market MÇJ ijaradagi noturar joyiga nisbatan asossiz 40,2 mln sömlik elektr tölovi hisoblangani aniqlanib, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Samarqand filiali qöllagan qarzdorlik noreal deb topildi va qayta hisob-kitob qilindi.

Toşkent viloyatida «Söqoq» örmon xöjaligiga kiriş tölovi belgilangan 18 750 sömdan asossiz ravişda 50 ming sömga oşirilgani uçun maxsus komissiya qarori asosida fuqarodan ortiqça olingan qariyb 32 ming söm qaytariş, boşqa iste’molçilarga esa jami 21 mln sömdan ziyod summani qayta hisoblaş böyiça körsatma berildi.

Xorazmda fuqaroga tabiiy gaz böyiça asossiz 2,1 mln söm qarzdorlik yuklangani tasdiqlanib, «Hududgazta’minot» AJ Xorazm filialiga qonun talablari tuşuntirildi va qarz miqdori qayta hisoblandi.

Jizzaxda 2024 yil dekabridan 2025 yilning yetti oyigaça suyultirilgan uglevodorod gaz yetkazib beriş jadvali va şartlariga rioya etilmagani aniqlanib, «Hududgaz Jizzax» AJ filialiga qonunbuzilişlarni bartaraf etiş va gazni öz vaqtida yetkaziş böyiça körsatma berildi.

Şuningdek, Navoiyda «Qiziltepa un zavodi» AJning birja talabi va Vazirlar Mahkamasining 170-son qaroriga rioya etmagani uçun iş qözğatilib, majburiy körsatma berildi. Qaşqadaryoda «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ davlat xaridlari tanlovida affillaniş holati aniqlanib, qonuniy çoralar körildi.

Raqobat qömitasi iste’molçi huquqlarini himoya qiliş, ortiqça undirilgan mablağlarni qaytariş va bozorda şaffof raqobatni ta’minlaşga qaratilgan monitoring va örganişlarni izçil davom ettirişini ma’lum qildi.