Suvdan foydalaniş va suv tejovçi texnologiyalarning joriy etilişi ustidan davlat nazoratini takomillaştiriş çoralari belgilandi. Xususan, «Suvxöjaliknazorat» inspeksiyasi va uning hududiy bölinmalarida suv tejovçi texnologiyalar hamda suvdan foydalanişni monitoring qiliş bölimlari taşkil etiladi.

Tadbirkorlik sub’yektlarida inspeksiya tomonidan ötkaziladigan tekşiruvlarni yonkameralardan foydalangan holda amalga oşiriş tartibi joriy etiladi. Bu şaffoflikni ta’minlaş va tekşiruv jarayonlarida inson omilini kamaytirişga xizmat qiladi.

Şuningdek, qişloq xöjaligi ekin maydonlarida suvdan foydalaniş va suv isrofini monitoring qiliş maqsadida uçuvçisiz uçiş dronlaridan foydalanişga ruxsat beriladi. Bu esa katta hududlarni tezkor kuzatiş, qoidabuzarliklarni aniqlaş va suv resurslaridan samarali foydalanişni ta’minlaş imkonini yaratadi.

Mazkur çora-tadbirlar suv resurslarini tejaş va sohada hisobdorlikni oşirişga qaratilgan.