Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple eng arzon MacBook Neo noutbukini taqdim etdi
Narx 256 GB modeli uchun 599 dollar va 512 GB modeli uchun 699 dollardan boshlanadi.
Foto: Apple
Apple korporatsiyasi o‘zining birinchi arzon MacBook Neo noutbukini taqdim etdi.
Boshqa MacBook’lardan asosiy farqi – chipset bo‘ldi. Apple noutbukning yangi modeli uchun A18 Pro smartfon chipidan foydalangan. Boshqa MacBook modellarida M seriyali chiplar ishlatiladi. A18 Pro chipi iPhone 16 Pro va 16 Pro Max smartfonlarida ishlatilgan. Shu bilan birga, iPhone 17 modellarida keyingi avlod chiplari - A19 va A19 Pro mavjud.

Narx 256 GB modeli uchun 599 dollar va 512 GB modeli uchun 699 dollardan boshlanadi. Yangi noutbukning ikkala versiyasida ham 8 Gb tezkor xotira bo‘ladi.
Yangi MacBook displeyining diagonali 13 dyuym. Akkumulyatorning energiya sig‘imi 36,5 Vt/soatni tashkil etadi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, qurilma 16 soatgacha uzluksiz video oqimini va 11 soatgacha simsiz internetda quvvatlantirmasdan ishlashni ta’minlaydi. MacBook Neo kumushrang, pushti, sariq va ko‘k ranglarda taqdim etiladi.