Jahon | 22:57 / 04.03.2026
2268
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq hududi butunlay elektrsiz qoldi

4 mart kuni mamlakat energetika tizimida ommaviy blekaut yuz berdi. Bu Eron gazining yetkazib berilishidagi muammo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Foto: Xinhua

4 mart kuni Iroqda elektr energiyasi butunlay o‘chirildi - mamlakatning barcha viloyatlari elektrsiz qoldi. Xalqaro OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat milliy energetika tizimi butunlay to‘xtab qolgan.

Iroq Energetika vazirligi uzilish faktini tasdiqladi va mutaxassislar allaqachon elektr ta’minotini tiklash ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi. Avariya sabablari hozircha rasman ma’lum qilinmagan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Iroq energetika tizimi elektr stansiyalari ishlashi uchun foydalaniladigan Erondan gaz ta’minotiga juda bog‘liq. Ushbu ta’minotdagi har qanday muammolar yeng ko‘lamli elektr uzilishlariga olib kelishi mumkin.

Ommaviy blekaut transport, aloqa, shifoxonalar va boshqa hayotiy muhim xizmatlar faoliyatida jiddiy uzilishlarga olib kelishi mumkin.

Hokimiyat avariya sabablarini tekshirish tugagandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot berishni ta’kidlamoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid