Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Metan zapravkalar» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
4 mart kuni soat 19:00 dan 5 mart kuni soat 10:00 gacha «metan zapravkalar» ishlamaydi.
Havo harorati pasayishi sababli 4 mart kuni soat 19:00 dan 5 mart kuni soat 10:00 gacha «metan zapravkalar» faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritiladi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
«Respublika hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab oshdi. Shu bois magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda. Shunday hollarda birinchi navbatda aholi xonadonlari, shuningdek, ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu munosabat bilan, bugun, 4 mart kuni soat 19:00 dan 5 mart kuni soat 10:00 gacha Respublikamizdagi «metan zapravkalar» faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ijtimoiy soha obektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi.
Mavzuga oid
17:40 / 07.07.2026
Neft mahsulotlari zaxiramiz 2−3 oy uchun yetarli - Energetika vazirligi
16:32 / 29.06.2026
Avstraliya yo‘li tanlanadimi? O‘zbekistonda ham bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanishi mumkin
14:31 / 25.06.2026
Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:15 / 22.06.2026