Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur qabul qilinadi
2026–2035 yillarda saraton kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston milliy dasturini amalga oshirishga qaratilgan qaror loyihasi ishlab chiqildi. Unda xavfli o‘smalarni erta aniqlash, bemorlarni zamonaviy tashxis va davolash bilan qamrab olish hamda yashovchanlik ko‘rsatkichlarini oshirish kabi maqsadlar belgilangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “2026–2035 yillarda saratonga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi tayyorlangan.
Loyihaga ko‘ra, 2026–2035 yillarda saraton kasalliklariga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari sifatida quyidagilar belgilanmoqda:
- xavfli o‘sma kasalliklarini erta bosqichlarda aniqlash ulushini 45 foizdan 59 foizgacha oshirish;
- xavfli o‘sma kasalliklari aniqlangan bemorlarning besh yillik yashovchanligini 40 foizdan 55 foizgacha yetkazish;
- onkologik bemorlarning kamida 80 foizini zamonaviy tashxislash va davolash texnologiyalari bilan qamrab olish;
- aholi o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan va oldini olish mumkin bo‘lgan saraton turlari — o‘pka, bachadon bo‘yni, oshqozon va jigar saratoni bilan kasallanishni 5 foizga kamaytirish.
Shuningdek, Milliy dastur doirasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash va davolash tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, Respublika ixtisoslashgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini Milliy onkologiya markaziga aylantirish ham rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 27.04.2026
Olimlar yurak saratonining kam uchrashi sababini aniqladi
19:22 / 31.01.2026
O‘zbekistonda AQSh olimlari bilan saratonni erta aniqlash bo‘yicha yangi loyiha ishlab chiqildi
14:47 / 22.12.2025
Saratonning oldini olish mumkinmi? Mutaxassislar tavsiya qiladigan mahsulotlar
10:00 / 03.11.2025